Bu voqea qadim zamonlarda, milodiy VI asr boshlarida sodir bo‘lgan. Savdogarlar karvoni bugungi Naftalan shahri joylashgan hududlardan o‘tayotgan edi. Bu yerlarda loyqa suvli ko‘plab ko‘llar mavjud bo‘lgan. Tuyalarga zarar yetmasligi uchun ularni suv havzalaridan uzoqroq tutishgan.
Karvonda boshqa tuyalardan ozg‘inligi va kasalligi bilan ajralib turadigan bir tuya bor edi. U zo‘rg‘a oyoqda turar, baland ovozda ingrardi va bu holat egasini jahli chiqarardi. Oxir-oqibat, karvon boshlig‘i kasal tuyani karvondan ajratish haqida buyruq berdi: “Bu ko‘llarning zaharli suvidan ichib o‘lib ketsin, azobli kasallik bilan yashagandan ko‘ra yaxshiroq.”
Kasal tuyani tashlab ketgan karvon yo‘lini davom ettirdi. Qaytish chog‘ida, ayni shu hududlardan o‘tayotganda, karvon egasi yolg‘iz bir tuyani ko‘rib, unda tashlab ketilgan tuyani tanidi. Tuya sog‘lom, tetik va butunlay tuzalgan edi. Bu holat karvondagi hammani hayratga soldi.
Ular tuyani kuzatishga qaror qilishdi. Odamlarning hayratiga sabab bo‘lib, tuya tez-tez loyqa ko‘l suviga kirib cho‘milardi va so‘ngra quyosh ostida quruqlikda dam olardi.
Odamlar suvning loyqasi ostida qora, yog‘simon suyuqlik borligini aniqlashdi. Kasal tuyani sog‘ayishi aynan shu modda bilan bog‘liq ekanini tushunishdi. Odamlar bu qora moyni qo‘l va oyoqlaridagi yaralarga surtganlarida, yaralar tezda bitib ketdi.
Shu tariqa, yaqin qishloqlar aholisi bu mo‘jizaviy suyuqlikni shifobaxsh vosita sifatida qo‘llay boshladi. Oddiy neftga o‘xshashligi sababli, keyinchalik unga “NAFTALAN” nomi berildi.

RU
AZ
EN