Rafinatsiyalangan Naftalan nefti FS 42-1957-82 farmakopeya maqolasiga mos kelishi lozim. U yashilimtir flyuorestsensiyaga ega bo‘lgan, o‘ziga xos hidli, kuchsiz kislotali reaksiyaga ega, qora rangli quyuq sirop­simon suyuqlikdir. Su bilan aralashmaydi. Glitserin, serezin, yog‘lar, moylar, parafin va mum bilan barcha nisbatlarda aralashadi (GF-X, 75-bet). Zichligi 0,918–0,958 (GF-X, 772-bet). Qaynashning boshlang‘ich harorati Selsiy bo‘yicha 160 darajadan past bo‘lmasligi kerak (GF-X, 769-bet). Su miqdori 0,5% dan oshmasligi lozim (GF-X, 772-bet).

Rafinatsiyalangan Naftalan nefti asosan dori vositalarini tayyorlash va ishlab chiqarishda qo‘llanilgan. Sariq Naftalan malhami, vismut-tanin-rux-naftalan malhami, Naftalan nefti, salitsilo-naftalan malhami, Naftalan asosidagi oltingugurtli malham, “tiolan” malhami, bor-rux-naftalan pastasi, rux-naftalan pastasi, oltingugurt-rux-naftalan pastasi, ixtiol-rux-naftalan pastasi, naftalan-fitonsid emulsiyasi, rafinatsiyalangan Naftalan nefti, Naftalan, naftalan moyli pastillalar, davolovchi mastika – 200 dan ortiq nomdagi preparatlar.